Iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekiston kabi mashinalar kam mamlakatda minglab inson yo‘l-transport hodisalarida vafot etayotgani normal emasligini ta’kidladi. “Shvetsiyada 5 millionta avtomobil bor, lekin bizdan 10 baravar kam odam o‘lmoqda, oradagi farq esa biz o‘zimiz yaratgan raqamlarimiz”, — deydi u.
O‘zbekistondagi YTHlarning qariyb yarmi piyodalarni urib yuborish bilan bog‘liq. Shunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar qanday jazolanmoqda? Shu savolga javob topish maqsadida “Gazeta.uz” sudlarning tasodifiy 50 ta qarorini o‘rgandi. Spoyler: piyoda o‘limi uchun biror bir haydovchi qamalmagan.
O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan 7636 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1931 kishi halok bo‘ldi, ularning 226 nafari — bolalar. Avvalroq SSV O‘zbekistonda YTHlar oqibatida 5−14 yoshli bolalar o‘limi darajasi Yevropa mamlakatlariga qaraganda 4 baravar yuqoriligini ma’lum qilgan edi
Yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzadigan haydovchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish, jumladan, transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish tarzidagi chora joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, «yo‘lda bezorilik» sodir etgan haydovchilar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting